Biz haqimizda

Kompaniya haqida

International Business Audit Consulting (IBAC) auditorlik va konsalting tashkiloti auditorlik, buxgalteriya, soliq va yuridik maslahat, moliyaviy va biznes maslahat sohalarida to‘liq konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. 

IBAC 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘z faoliyati davomida kichik firmadan boshlab O‘zbekiston auditorlik va konsalting xizmatlari bozorida yetakchi o‘rinni egallagan kompaniyaga aylandi. Yosh bo'lishiga qaramay, o'z xodimlarining bilimi, malakasi va tajribasi sababli kompaniya bozorni asta-sekin zabt etmoqda. 

Kompaniyamiz jadal rivojlanmoqda va qisqa vaqt davomida O‘zbekistondagi eng yirik auditorlik va konsalting kompaniyalaridan biriga aylandi. “Audit Reyting” mustaqil reyting tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil yakunlari bo‘yicha kompaniyamiz O‘zbekistondagi barcha auditorlik tashkilotlari, jumladan, xalqaro va mintaqaviy kompaniyalar orasida yetakchi o‘rinlarni egalladi. Ta'kidlash joizki, kompaniya xodimlar malakasi bo'yicha reytingda to'rtinchi, ko'rsatilgan xizmatlar hajmi (daromadlari) bo'yicha esa o'n ikkinchi o'rinni egalladi. Kompaniya boshqa mezonlarda ham yuqori o'rinlarni egalladi.

IBAC quyidagi to'rt asosiy yo'nalishda faoliyat yuritadi: 
- auditorlik xizmatlari;
- soliq va yuridik maslahat xizmatlari;
- buxgalteriya xizmatlari;
- konsalting xizmatlari.

Bizning jamoamiz hozirda katta tajribaga ega buxgalterlar, auditorlar, yuristlar, soliq maslahatchilari va boshqa mutaxassislardan iborat. Mutaxassislarimiz audit, buxgalteriya hisobi, soliq va yuridik maslahatlar hamda  moliyaviy maslahatlar sohasida katta amaliy tajribaga ega. Xodimlarimizning chuqur professional tajribasi va amaliy bilimlari uyg‘unligi mijozlarimiz ishonchini qozonish imkonini beradi va kompaniyamizning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.


Подробнее
Kompaniya haqida
Kompaniya raqamlarda

Kompaniya raqamlarda

500+

Yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirildi

300+

Mamnun mijozlar

300

Mlrd so`m qaytarilgan QQS

200

Mlrd so`m mijozlar foydasiga hal qilindi

75%

O'rtacha yillik daromad o'sishi

Turli biznes segmentlari uchun yechimlar


Kompaniya turli biznes segmentlari uchun zamonaviy yechimlarni taklif etadi va mijozlarning so'rovlariga moslashuvchan yondashuvni amalga oshiradi, ularga optimal yechimlarni taklif etadi
.

 

Kichik biznes

O`rta biznes

Yirik biznes

Davlat sektori

Chet el kompaniyalari

Biz iqtisodiyotning turli sohalaridagi mijozlarga yordam beramiz. IBACni raqobatchilardan ajratib turadigan jihati shundaki, bizning kompaniyamizda katta amaliy va turli sohalarda tajribaga ega bo'lgan ishiga sodiq mutaxassislar ishlaydi. Turli sohalardagi katta tajribamiz bizga biznes uchun maxsus yechimlarni taklif qilish imkonini beradi.  

Sohalardagi tajriba

 

Ishlab chiqarish

Qurilish

Ko`chmas mulk

Ulgurji va chakana savdo

Transport va logistika

Neft, gaz va energetika sanoati

Infratuzilma va kommunikatsiya

Moliyaviy xizmatlar, banklar, sug'urta kompaniyalari

Davlat korxonalari

Notijorat faoliyat

Ijtimoiy xizmatlar

Texnologiya va kommunikatsiyalar 

Boshqa sohalar

Партнеры

Палата аудиторов Узбекистана

Палата аудиторов Узбекистана

Национальная ассоциация бухгалтеров и аудиторов Узбекистана

Национальная ассоциация бухгалтеров и аудиторов Узбекистана

Маркетинговая Ассоциация Узбекистана

Маркетинговая Ассоциация Узбекистана

Рейтинг

Аудиторскиx организаций по итогам деятельности за 2021 год

Собственный капитал

11 Место

Кадры

4 Место

Чистая выручка

12 Место

Bizning mijozlarimiz