22.05.2023
2022 yilgi "AUDIT REYTING"i
2023-yil 15-may kuni “Auditreyting” mustaqil reyting tashkiloti auditorlik tashkilotlarining 2022-yilgi faoliyati yakunlari bo‘yicha milliy reyting natijalarini e’lon qildi. Ushbu reyting O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Auditorlar palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Ushbu reytingda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq auditorlik tashkiloti ishtirok etdi.
Reyting natijalariga ko‘ra, “INTERNATIONAL BUSINESS AUDIT CONSULTING” MChJ (IBAC) auditorlik tashkiloti o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha yuqori o‘rinni egalladi.
Jumladan:
- “Kadrlar malakasi” nominatsiyasida 5-o‘rin;
- “Sof daromad (konsalting xizmatlari hajmi)” bo‘yicha 8-o‘rin;
- “Kapital” bo‘yicha 9-o‘rin;
- “Sof foyda” bo‘yicha 12-o‘rin;
- “Auditorlik tashkilotining javobgarligini sug‘urtalash” bo‘yicha 7-o‘rin.
Auditorlik tashkilotlarining reytingi kompaniya xizmatlari sifatini baholashning eng muhim vositalaridan biridir.
Bugungi kunga kelib O‘zbekistonda auditorlik xizmatlari bozori yil sayin kengayib bormoqda va raqobatbardoshlikni saqlab qolish tobora qiyinlashib bormoqda. Shunga qaramay, biz o‘z intellektual salohiyatimizni oshirib, mijozlarimiz ishonchini qozongan holda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ta’minlaymiz.
Bizning maqsadimiz - sizning muvaffaqiyatingiz!
Reyting natijalari bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin: