04.02.2022
IBAC va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIST) hamkorlik memorandumini imzoladi
INTERNATIONAL BUSINESS AUDIT CONSULTING (IBAC) audit kompaniyasi va Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (MDIST) hamkorlik memorandumini imzoladi
Ushbu hujjat tomonlar o‘rtasida tajriba va bilim almashish imkonini beradi. Talabalar o'quv jarayonini to'xtatmasdan bizning istiqbolli kadrlar kompaniyamizda qimmatli tajriba orttirishlari mumkin
Ayni paytda mamlakatimizda ko‘plab mutaxassislar tayyorlanmoqda, lekin afsuski, ularning ko‘pchiligi o‘z sohalarida talabga javobsiz qolmoqda.
IBAC qimmatli ish tajribasini izlayotgan yosh mutaxassislarni qabul qiladi va qo'llab-quvvatlaydi. Yosh kadrlar – kelajakka sarmoyadir.
Shuningdek, talabalarning o'zlari uchun ham korxonada amaliyot o'tash bilim olishda qo'shimcha rag'bat bo'ladi.