10.05.2023
Majburiy auditorlik tekshiruvi
Qaysi korxonalar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tishi lozim:aksiyadorlik jamiyatlari;
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
sug'urta tashkilotlari;
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag'larini jamlovchi boshqa fondlar, hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari;
manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalaridan iborat bo'lgan hayriya, jamoat fondlari va boshqa fondlar;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlatga tegishli ulushga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlar va davlat yunitar korxonalari;
fond va tovar birjalari;
Hisobot yili yakunlariga ko'ra quyidagi shartlardan bir vaqtning o'zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari:
- yil yakuni holati bo'yicha aktivlarining balans qiymati BXM ning 100 000 baravari (30 mlrd so'm) miqdoridan ortiq;
- yil yakuni holati bo'yicha maxsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi BXM ning 200 000 baravari (60 mlrd so'm) miqdoridan ortiq;
- hodimlarning o'rtacha yillik soni 100 nafardan ortiq bo'lsa.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan yuridik shaxslarni auditorlik tekshiruvidan o'tkazish natijasi - bu ular moliyaviy hisobotining ishonchliligi to'g'risidagi auditorlik hulosasi sanaladi.