Auditorlik xizmatlari

Auditorlik xizmatlari

Bizning vazifamiz tashkilotlar rahbarlari va biznes egalariga kompaniyaning moliyaviy natijalari va asosiy risklari to'g'risida aniq, obyektiv ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat. Moliyaviy hisobot auditi va auditorlik tekshiruvining maqsadi moliyaviy hisobotda jiddiy xatoliklar yo'qligi va kompaniyaning moliyaviy holati, moliyaviy ko'rsatkichlari va pul oqimlari har jihatdan to'gri taqdim etilishiga mutlaq ishonch hosil qilishdir. Auditorlik tekshiruvi natijalari bo'yicha chiqarilgan xulosa korxonalar rahbarlariga va biznes egalariga to'g'ri qarorlarni qabul qilishda yordam beradi. 

Biz mijozlar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning ishonchliligini oshirish uchun to'liq auditorlik xizmatlarini taklif etamiz. 

Ushbu sohadagi xizmatlarimiz quyidagilarni o'z ichiga oladi:

— Majburiy auditorlik tekshiruvi

— Ixtiyoriy auditorlik tekshiruvi

— MHXSga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlar auditorlik tekshiruvi 

— BHMSga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobotlar auditorlik tekshiruvi

— Maxsus masala yuzasidan o'tkaziladigan auditorlik tekshiruvi

Bizning mutaxassislarimiz auditorlik va konsalting xizmatlarining to'liq spektrini taqdim etishga, moliyaviy faoliyat olib borish va moliyaviy hisobotlarni tayyorlashning dolzarb muammolarini hal qilishda har tomonlama yordam berishga tayyor.

Batafsil maslahat olish va auditorlik xizmatlari narxini aniqlashtirish uchun bizga so'rov yuboring.





Auditorlik xizmatlari
Обратная связь