Soliq va yuridik maslahat xizmatlari
IBACning soliq va yuridik masalalar bo'yicha mutaxassislari doimiy o‘zgaruvchan muhitda ko‘p yillik tajribaga tayanadilar. IBAC soliq maslahatchilari va yuristlarining iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi turli loyihalar ustida ishlash jarayonida olingan chuqur bilim va tajribalari mijozlarimiz xizmatidadir.
Bizning maqsadimiz mijozlarga to'g'ri biznes qarorlarini qabul qilishda yordam beradigan sifatli soliq va yuridik maslahat berishdir. Bizning mutaxassislarimiz har qanday murakkablikdagi bitimlarda hamrohlik qilishadi.
Biz soliq va yuridik maslahat xizmatlarining to'liq spektrini taklif etamiz.
Ushbu sohadagi xizmatlarimiz quyidagilarni o'z ichiga oladi:
— Soliq masalalari bo'yicha maslahatlar
— QQSni qaytarish bo'yicha maslahatlar
— Soliq auditi
— Xalqaro soliqqa tortish va ikki tomonlama soliqqa tortish muammolari
— Optimal soliq solish tizimini aniqlash
— Soliq hisobotlarini tayyorlash va taqdim etish
— Soliqqa tortish maqsadida hisob siyosatini ishlab chiqish va joriy etish
— Soliq tizimi va soliq xavflarini tahlil qilish
— Soliqqa tortishni optimallashtirish
— Transfert baholash
— Huquqiy ekspertiza
— O‘zbekistonda biznes ochish va yuritish
Batafsil maslahat olish va soliq va yuridik sohadagi xizmatlar narxini aniqlashtirish uchun bizga so'rov yuboring.
Biz bilan bog`laning
Sizni qiziqtirgan savollaringiz bormi? So'rov qoldiring va mijozlar bilan ishlovchi menejerimiz savollaringizga javob berish uchun siz bilan bog'lanadi
Bepul maslahat uchun so'rovnomani to`ldiring